Sergelida «Cobalt» to‘xtab turgan yuk mashinasining tirkamasi bilan to‘qnashib ketdi

Joriy yilning 14 aprel kuni Toshkentning Sergeli tumani Qumariq ko‘chasida «Cobalt» to‘xtab turgan «MAN» rusumli yuk mashinasining tirkamasi bilan to‘qnashib ketgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 14 aprel kuni soat 22.20 larda Sergeli tumani Qumariq ko‘chasida 1996 yilda tug‘ilgan S.D. davlat raqami belgisi 95 M 011 JA bo‘lgan «Cobalt» rusumli avtomashinani boshqarib kelayotib, 1989 yilda tug‘ilgan S.P. boshqaruvidagi harakatsiz to‘xtab turgan davlat raqam belgisi 80 L 423 SA bo‘lgan «MAN» rusumli yuk mashinasining tirkamasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada «Cobalt» avtomashina haydovchisi 1996 yilda tug‘ilgan S.D. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter