Sergeli yo‘nalishida sinov poyezdi o‘z harakatini boshladi!

Bugun, 2020-yil 16-oktyabr kuni Toshkent metropolitenining mavjud «Olmazor» stansiyasidan yangi qurilayotgan Sergeli metro yo‘nalishining so‘nggi — «Qipchoq» stansiyasigacha test rejimida poyezd o‘z harakatini amalga oshirib, ustki po‘lat izlarning tayyorligini tasdiqladi.
Bugungi kunda yangi Sergeli metro yo‘nalishida yakuniy qurilish-montaj va pardozlash ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yangi metro yo‘nalishi va uning ob’yektlari qurilish me’yorlari va texnik talablariga mos ravishda belgilangan muddatlarda joriy yil oxirigacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter