Sergeli hokimi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri etib tayinlandi
Sergeli tumani hokimi Husanov Nozim Baxtiyorovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri etib tayinladi va uning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi a’zolari tomonidan ko‘rib chiqildi va ma’qullandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Nozim Husanov uzoq yillar davomida iqtisodchi sifatida bank sohasida faoliyat yuritgan. Qator tijorat banklari va Markaziy bankda rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Toshkent shahar hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda birinchi o‘rinbosari sifatida ham faoliyat olib borgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter