Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Serbiya va Kosovo o‘rtasidagi nizo yana keskinlashdi

Serbiya va Kosovo o‘rtasidagi nizo yana keskinlashdi

Foto: 24 Kanal

Serbiya va Kosovo o‘rtasidagi ziddiyat yana keskinlashdi — shu munosabat bilan Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich o‘z xalqiga murojaat qildi.

Albanlarni murosaga chaqirgan Vuchich, nizo chuqurlashgan taqdirda, «Serbiya taslim bo‘lmasligi» haqida ogohlantirdi:

«Biz Kosovo va Metoxiyadagi serb xalqi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdik, tinchlikni saqlash uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz, albanlarni murosaga, serblarni esa provokatsiyalarga berilmaslikka chaqiramiz», — dedi u jumladan.

Vuchich Kosovo mustaqilligini qo‘llayotgan davlatlar yetakchilariga murojaatida xalqaro huquq me’yorlari va joylardagi vaziyatga e’tibor qaratishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 31-iyul kuni Serbiya va Kosovo munosabatlari yana keskinlashgan. Bunga Prishtina (Kosova) 1-avgustdan boshlab respublikaga serb hujjatlari bilan kirishni taqiqlashi va chegaradan kirayotganlarga Kosovaning vaqtincha hujjatlarini olish talabini qo‘ygani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring