Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aleksandr Vuchich: «Serbiya rossiyalik diplomatlarni chiqarib yubormaydi»

Aleksandr Vuchich: «Serbiya rossiyalik diplomatlarni chiqarib yubormaydi»

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich.

Foto: «Golos.md»

Bugun, 28-mart kuni Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan o‘zaro telefon suhbati chog‘ida rossiyalik diplomatlarni o‘z mamlakati hududidan chiqarib yuborish kampaniyasiga qo‘shilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda «TASS» agentligi xabar bermoqda.

«Prezident Vuchich Vladimir Putinga Rossiyaga qarshi qaratilgan har qanday chora-tadbirlarda qatnashmasligini ma’lum qildi. Mintaqaning barcha davlatlari rossiyalik diplomatlarni o‘z mamlakatlari hududidan chiqarib yuborgan bo‘lishiga qaramasdan, Serbiya bunday qilmaydi», deya prezidentdan iqtibos keltiradi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyaning Solsberi shahrida shu yilning 4-mart kuni GRUning sobiq ofitseri Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan edi. Rasmiy London bu hodisada Moskvani ayblab, rus diplomatlarini o‘z mamlakati hududidan chiqarib yuborishini ma’lum qilgandi. Uning ortidan AQSh, Yevropa Ittifoqi va yana boshqa bir qator davlatlar rus diplomatlarini o‘z mamlakatlari hududidan chiqarib yuborishlarini ma’lum qilgan edilar.

Avvalroq, 100dan ortiq rossiyalik diplomat o‘z vataniga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring