Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senator «Milliy tiklanish»ni sudga berishi mumkin

Senator «Milliy tiklanish»ni sudga berishi mumkin

Foto: «Milliy tiklanish» gazetasida chop etilgan kollaj

Senator Maqsuda Vorisova «Milliy tiklanish» gazetasini sudga berishi ehtimoli katta ekani aytilmoqda.

Gap shundaki, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi bosh nashri bo‘lgan gazetaning oxirgi sonida anons berilgan bo‘lib, unda yaqin kelajakda: «XDP a’zosi Maqsuda Vorisovaning Rossiya kommunistlari yetakchisi Gennadiy Zyuganovga qanday «qarindosh»ligi bor?» sarlavhali maqola chop etilishi bildirilgan.

Ayonki, ikki siyosatchining bir-biriga qarindoshligi yo‘q. Buni sarlavhadagi qarindosh so‘zi qo‘shtirnoqqa olingani ham aytib turibdi. Biroq maqolaga ishlangan kollaj M.Vorisovada jiddiy norozilik tug‘dirgan bo‘lishi mumkin.

Yana bir ehtimolki, sarlavhada XDPning o‘tmishiga ishora borday. Chunki, mazkur siyosiy institut sobiq O‘zbekiston kommunistik partiyasi tugatilganidan so‘ng tashkil etilgan.  Maqsuda Vorisova esa ayni paytda XDP Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring