Senatning to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi
Bugun, 20-noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.
Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva olib bormoqda.
Yalpi majlisda bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.
Parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Norboyeva o‘z kirish so‘zida bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda boshlangan tizimli islohotlar izchillik bilan davom etayotganiga urg‘u berdi.
– Yaqinda davlatimiz rahbarining O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlariga oid Farmoni tom ma’noda Uchinchi Renessans poydevoriga asos soldi. Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha tobora yangi marralar belgilanmoqda.
Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasini kelgusi uch yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlariga doir yaqinda qabul qilingan qarori qoraqalpoq diyorining ravnaqiga xizmat qilishi shubhasiz. Xususan, Qaror bilan hudud aholisining hayot darajasini ko‘tarish, respublika iqtisodiyotini, ijtimoiy sohalarni va infratuzilmani rivojlantirish, ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadlariga 21 trln. so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirilgani Qoraqalpog‘iston tarixida bo‘lmagan yangilikdir, – dedi T.Norboyeva.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter