Senatning o‘n beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi
Bugun, 28-may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.
Unda senatorlar, Vazirlar Mahkamasi mutasaddilari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.
Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilayotgan yalpi majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva olib bormoqda.
Yalpi majlisda ko‘rib chiqiladigan masalalarning muhokamasini Senatning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda «Uzreport» telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirda kuzatib borish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter