Senatning yettinchi yalpi majlisi: unda nimalar ko‘riladi?

Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisini 2020-yil 11-sentyabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Yalpi majlisda, jumladan, quyidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi:
- «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi;
- «Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida»gi;
- «Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida»gi;
- «Xalq deputatlari Kengashlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi;
- «Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi;
- «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi.
Shu bilan birga, moliya vazirining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2020 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to‘g‘risidagi axboroti ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter