Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senatning beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshlamoqda

Senatning beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshlamoqda

Foto:«Xabar.uz»

Bugun Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshlamoqda.

Senat kun tartibiga to‘qqiz qonun va boshqa masalalar kiritilgan.

Senatorlar tomonidan ma’qullanishi kutilayotgan qonunlar ichida «Innovatsion faoliyat to‘g‘risida», «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida», «Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to‘g‘risida», «Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida»gi yangi qonunlar bor.

Qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda bir nechta konvensiyalarni ratifikatsiya qilishga oid qonunlar ham ko‘rib chiqiladi.

Shu bilan birga, adliya vazirining axboroti eshitiladi, hukumatga parlament so‘rovlari yuborilishi ham kun tartibidan o‘rin olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring