Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senatning 15-yalpi majlisi sanasi va unda ko‘riladigan masalalar e’lon qilindi

Senatning 15-yalpi majlisi sanasi va unda ko‘riladigan masalalar e’lon qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Shu yilning 28-29-may kunlari Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Senat Kengashi tomonidan 25 may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Ushbu yalpi majlisda «Transport to‘g‘risida»gi, «Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi va boshqa qator qonunlar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi to‘g‘risidagi masala ko‘riladi hamda Vazirlar Mahkamasining Davlat budjeti 2020-yil va 2021-yil birinchi choragi yakuni bo‘yicha ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlari eshitiladi.

Yalpi majlisda ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash bilan bog‘liq muammolar hamda koronavirus pandemiyasidan keyin turizmni tiklash va rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovlari yuborish, shuningdek, boshqa masalalar ko‘rib chiqilishi ham ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring