Senat yana bir qonunning yangi tahririni ma’qulladi
Senat tomonidan yangi tahrirdagi «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonun ma’qullandi.
Qonunda odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashuvini ta’minlash tartibi, jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash tartibi, ularga taqdim etiladigan xavfsizlik choralari va boshqa kafolatlar belgilanmoqda.
Qonunning qabul qilinishi odam savdosidan jabrlangan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini kafolatli himoya qilishga xizmat qiladi.
Ma’qullangan Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter