Senat yalpi majlisida qanday mavzular bo‘lishi ochiqlandi
Oliy Majlis Senatining yigirma beshinchi yalpi majlisi 2022 yil 28 aprel kuni chaqiriladi.
Bu haqida Senat axborot xizmati xabar berdi.
Videokonferensaloqa shaklida ikki kun davom etadigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.
«Pochta aloqasi to‘g‘risida»gi, «Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida»gi, «Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida»gi, «Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi, «Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunlar shular jumlasidandir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter