Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senat Vazirlar Mahkamasidan sog‘liqni saqlash vaziriga chora ko‘rishni so‘radi

Senat Vazirlar Mahkamasidan sog‘liqni saqlash vaziriga chora ko‘rishni so‘radi

Foto: «Xabar.uz»

Oliy Majlis Senati tomonidan sog‘liqni saqlash vazirining xatti-harakatlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga tegishli xat yuborilgani ma’lum qilindi.

«Joriy yil 24-dekabr kuni Oliy Majlis Senati Kengashining umumiy ovqatlanish korxonalari va ta’lim tizimida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligiga oid qonun hujjatlarining ijrosini o‘rganish natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda sog‘liqni saqlash vazirining mazkur masala yuzasidan axborot berishi ko‘zda tutilgan bo‘lishiga qaramasdan, vazirlik rahbariyati Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining rasmiy xatini (18.12.2019-yildagi 09-17/2549-sonli xat) e’tiborsiz qoldirib, noma’lum sabablarga ko‘ra majlisda ishtirok etmadi.

Biroq, sog‘liqni saqlash vaziri A.Shodmonov ushbu holatni batafsil o‘rganmasdan, shu yil 25-dekabrda Bosh prokuraturada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Senat Kengashining kengaytirilgan majlisida ishtirok etish uchun yozma taklif kelib tushmaganligini bildirgan.

Shu o‘rinda  ta’kidlash joizki, Oliy Majlis Senatining tegishli Qo‘mitasi xati 2019-yil 20-dekabr kuni feldaloqa xizmati orqali yetkazilgan va shu kuni soat 11.45 da Sog‘liqni saqlash vazirligining mas’ul xodimi  tomonidan qabul qilib olingan.

Sog‘liqni saqlash vazirining mazkur xatti-harakatlari va vazirlikdagi ijro intizomini kuchaytirish choralarini ko‘rish maqsadga muvofiqligi yuzasidan Oliy Majlis Senati tomonidan Vazirlar Mahkamasiga tegishli xat yuborildi», deyiladi Senat matbuot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring