Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senat uchta qonunni ma’qulladi

Senat uchta qonunni ma’qulladi

Foto: Senat axborot xizmati

Bugun bo‘lib o‘tayotgan Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisida hozirga qadar uchta qonun ma’qullandi.

Dastlab, «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi Qonun ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.

Qonun bilan tibbiy tekshiruv komissiyalari faoliyati takomillashishi,  murojaat qiluvchi 10 kalendar kunda xulosani olishi mumkinligi, tibbiy tekshiruvlar bepul amalga oshirilishi, nogironligi bo‘lgan shaxslar  ambulator va statsionar rejimida imtiyozli davolanishi,  protez-ortopediya anjomlariga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishi kabi masalalar belgilanmoqda.

Senat tomonidan «Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida»gi Qonun ham ma’qullandi.

Ushbu qonun nizolarni ko‘rishda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning sarf xarajatlarini qisqartirish, arbitraj hal qiluv qarorlarini tan olish va ijro etish mexanizmlarini belgilash hamda shu asosda xalqaro shartnomalarning nizoli masalalarini hal qilishda mamlakatning mintaqadagi obro‘sini oshirish kabi maqsadlarni ko‘zda tutadi.

Shuningdek, senat tomonidan «Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida»gi Qonun ma’qullandi.

Qonunda narkologik kasallikka chalingan shaxsni majburiy davolashga yuborish to‘g‘risidagi qaror uning yashash joyidagi yoki narkologiya muassasasi joylashgan yerdagi sud tomonidan 20 kunlik muddatda, ushbu shaxs hozirligida qabul qilinishi belgilanmoqda.

Mahalliy davlat hokimiyati, mehnat organlari davolanib chiqqanlarni ishga joylashtirish hamda maishiy turmushga moslashishida ko‘maklashishi huquqiy jihatdan mustahkamlanmoqda.

Ma’qullangan qonunlar Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring