Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga tayinlandi
Bugun, 21-iyun kuni, Toshkent shahrida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisi ochildi. Unda kun tartibidan joy olgan tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilmoqda.
«Xalq so‘zi»ning yozishicha, davlat rahbari senat raisi lavozimiga Tanzila Norboyeva nomzodini taqdim etdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha 2015-yildan senat raisi lavozimida ishlab kelayotgan Nig‘matilla Yo‘ldoshev Bosh prokuror etib tayinlandi.
Kuni kecha Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Kamalovna Norboyeva lavozimini tark etgani xabar qilindi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar Bosh vazir o‘rinbosari - Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga bosh vazir tomonidan kiritilgan nomzod - Bositxonova Elmira Irkinovnani tasdiqladi. Tanzila Norboyeva 2016-yilning 14-dekabrida Elmira Bositxonova o‘rniga Bosh vazir o‘rinbosari - Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ish boshlagandi. U 2018-yil dekabrida ushbu lavozimga yaqin besh yil uchun qayta saylangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter