Senat Chiroqchidagi voqeani o‘rganib chiqadi
Avvalroq Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida bir guruh ayollar Xo‘jaobod qishlog‘idan o‘tuvchi A-378 Qarshi—Samarqand avtomobil yo‘lini to‘sib, avtomashinalar harakatlanishiga to‘sqinlik qilgani haqida xabar berilgandi.
Xabarda tumanning «Qumdaryo» mahallasi Oqtunli qishlog‘ida yashovchi ayollar farzandlari qo‘shni qishloqdagi maktabga borish uchun qiynalayotgani, ular Xo‘jaobod qishlog‘idagi maktabga borishi uchun «Qarshi—Samarqand» avtomobil yo‘lidan kesib o‘tishlari xavfli ekanini bildirib, yo‘lni to‘sib, mashinalar harakatlanishiga qarshilik ko‘rsatgani qayd etilgandi.
Mazkur holat Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi nazoratiga olingan. Senat tumanda yashovchi aholi vakillarini qiynayotgan muammolar yuzasidan qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni o‘rganib, natijalari yuzasidan batafsil axborot beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter