Sel 15 kishining boshiga yetdi
Ganada kuchli yog‘ingarchilik tufayli sodir bo‘lgan selda 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.
Poytaxt Akra shahrida ikki kundan beri tinmayotgan jala tufayli kelayotgan sel ko‘plab uylarni vayron qilgan.
Tabiiy ofat 15 kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Ulardan o‘n nafari chaqaloq, bir nafari shifokor ekani aytilmoqda. Ko‘plab kishilar bedarak yo‘qolgan.
Halok bo‘lganlar soni ortishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter