Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Scorpion» trillerini suratga olish ishlari boshlandi (foto)

«Scorpion» trillerini suratga olish ishlari boshlandi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Avval xabar berganimizdek, 23-mart kuni turkiyalik kinoaktyor Murat Yildirim Muxlisa Azizovaning «Scorpion» trillerida suratga tushish uchun O‘zbekistonga yetib kelgan edi.

Ayni kunlarda mashhur aktyor ishtirokidagi sahnalar Buxoro viloyatida suratga olinmoqda. Shu bilan birga «Lichniy nomer» (Rossiya) filmidagi Umar Tamiyev obrazi orqali o‘zbekistonlik tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan Vyacheslav Razbegayev ham Buxoro viloyatida davom etayotgan suratga olish ishlarida qatnashmoqda.

Shu yilning 28-mart kuni soat 11:00da O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Yoshlar press-klubi zalida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Murat Yildirim ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur film O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, «O‘zbekkino» milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan suratga olinmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring