«Scorpion» trilleri o‘zbek kinosida yangi davrni boshlab beradi
2018-yilning 12-fevral kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, «O‘zbekkino» Milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Kinematografiyani rivojlantirish markazining qo‘shma qarori imzolandi.
Mazkur qarorga muvofiq o‘zbekistonlik yosh kinoijodkorlar tomonidan yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan «Scorpion» to‘liq metrajli badiiy film suratga olinib, uning keng namoyishi qo‘llab-quvvatlanadi.
Filmning suratga olish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy gvardiyasi ko‘magida Toshkent va Buxoro shaharlarida, shuningdek, Rossiya va Marokashda bo‘lib o‘tadi.
Shu yilning 16-fevral kuni film operatori Maks Tsui (Germaniya) hamda boshqa xorijiy kinoijodkorlar suratga olish ishlarini boshlash uchun Toshkent shahriga yetib kelishdi.
Maks O‘zbekistonning qadimiy shahri Buxoro haqidagi «Welcome to Bukhara» videoroligiga ham operatorlik qilgan.
Ayni kunlarda film rejissyori Muxlisa Azizova ijodiy guruh bilan film loyihasi ustida ish olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter