Sayyoramizdagi eng baland bino O‘zbekiston bayrog‘i tusiga kirdi (foto+video)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi munosabati bilan sayyoramizdagi eng baland osmono‘par bino — «Burj Khalifa» mamlakatimiz bayrog‘i tusiga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 26 mart kuni Shavkat Mirziyoyev Dubay shahrida BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid al-Maktum bilan uchrashgandi.
Bu tashrif haqida Shayx Muhammad bin Roshid al-Maktum hazrati oliylari o‘zining «Tvitter»dagi sahifasida o‘zbek tilida post qoldirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter