Sayyohlar Toj Mahalga borishdan cho‘chishyapti

Sayyohlar Toj Mahalga belgilangan ekskursiyalarini ommaviy ravishda bekor qilishmoqda, «Asia Times» yozishicha, mamlakatda fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritilganidan so‘ng kelib chiqqan tartibsizliklar bunga sabab bo‘lgan.
«2019-yilning dekabrida keluvchilar soni 60 foizga qisqardi. Bu hudud qanchalik xavfsizligini so‘rab bizga ko‘p qo‘ng‘iroqlar bo‘ladi. Biz xavfsizlikni ta’minlashni kafolatlaymiz, shunga qaramasdan, aksariyat bu yerdan uzoqroq yurishni ma’qul topmoqda», — dedi sayyohlik politsiyasi inspektori Dinesh Kumar.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi ikki haftada taxminan 200 ming kishi Toj Mahalga kelishni bekor qilgan yoki boshqa paytga qoldirgan.
Ma’lumot uchun: Toj Mahal XVII-asr me’morchiligi durdonasi bo‘lib, har yili uni tomosha qilishga 6,5 mln.dan ortiq inson keladi. Bundan Hindiston g‘aznasiga yiliga 14 million dollar tushadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter