Sayxunobod tumanida hokim o‘zgardi
Bugunga qadar «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki Sirdaryo viloyati mintaqaviy filiali boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan Komiljon Mullajanov Sayxunobod tumaniga hokim etib tayinlandi.
Tumanning avvalgi hokimi Anvar Karimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Eslatib o‘tamiz, bundan avval u qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat olib organ.
Avvalroq Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari o‘zgargani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter