Saylovoldi tashviqotida partiyalarga teng imkoniyat berish qanday ta’minlanadi?

Mamlakatimizda saylov jarayonlari qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Bugungi kunda yurtimizda beshta siyosiy partiya – “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning o‘z g‘oya va dasturlarini amalga oshirishi, saylovlarda tenglik, ochiqlik va xolislik tamoyillari asosida faol ishtirok etmoqda.
Shubhasiz, bunda siyosiy partiyalarning o‘zining nomzodi dasturida ilgari surgan g‘oyalar tashabbuslarni mazmun va mohiyatini tushunarli, oddiy va shakll va usullarda saylovchilarga yetkazish muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Ushbu jarayonlarni dastlabki taxlili, barcha partiyalar o‘zlarining bu yo‘nalishdagitenglik asosida tashviqot ishlarini boshlab yuborganliklarini, barcha partiyalar uchun qonun asosida tenglik ta’minlanib, qonun normalariga to‘la asoslangan tarzda olib borilayotganligini ko‘rsatmoqda.
Qayd etish lozimki, Saylov kodeksining 8-bobida, nomzodlarni va ularning ishonchli vakillarini ro‘yxatga olish, ularning huquqiy maqomi belgilab qo‘yilgan. Ushbu qoidalarga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida davlat yo‘lovchilar transportining barcha turlarida (bundan shahar yo‘lovchi transporti, taksi va boshqa transport turlarining buyurtma yo‘nalishlari mustasno) tekinga yurish huquqi yaratilgan. Nomzodlarning safar xarajatlari saylovni o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan to‘lanmoqda. Bu o‘z navbatida tenglikni ta’minlanayotganligi tasdiqlaydi.
Shu bilan bir qatorda, Prezident saylovi tenglik asosida barcha turdagi teleradiokanallarda, bosma va internet nashrlarda, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rgazmali, audiovizual materiallar asosida keng targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Mazkur jarayonlar Saylov kodeksining 46-moddasiga asosan tashviqotni ommaviy axborot vositalari orqali olib borish tartibi qayd etilgan. Tashviqot olib borilayotganda davlat ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda hajmiga ko‘ra bir xil bo‘lgan efir vaqtini va nashr maydonini bepul berish yo‘li bilan teng sharoitlar ta’minlangan. Nomzodlar va siyosiy partiyalarga bosma, fonogrammalarni, bosma mahsulotning elektron shakllarini va boshqa tashviqot materiallarini moneliksiz chiqarish hamda tarqatish uchun teng sharoitlar yaratiladi.
Saylov kodeksiga asosan nomzodning dasturidagi holatlarni keng jamoatchilikka yetkazishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod o‘n besh nafarga qadar ishonchli vakilini Markaziy saylov komissyasi ro‘yxatdan o‘tkazdi. Ular nomzodga yordam berayapti, tashqiqot ishlari bo‘yicha faol harakat olib bormoqdalar, Nomzodning ishonchli vakili davlat organlari va jamoat birlashmalari, saylov komissiyalari bilan bo‘ladigan munosabatlarda nomzodning manfaatlarini ifodalaydi.
Shunday qilib, siyosiy partiyalarning Prezident saylovida ishtirok etishi uchun teng shart-sharoitlarni ta’minlash yangi O‘zbekistonda demokratik jarayonlar rivojiga, siyosiy raqobat rivojlanishga, shuningdek, saylovning qonuniyligini oshirishga xizmat qilmoqda.
S.Jo‘rayev
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori,
siyosiy fanlar doktori
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter