Saudiya podshohligi ziyoratchilarni Hajga ruxsatnomasiz borishdan ogohlantirmoqda
Saudiya Arabistoni podshohligi mamlakatga tashrif buyuruvchilar va aholini 2024-yilgi Haj mavsumida zarur ruxsatnomalarsiz qatnashishdan ogohlantirmoqda.
Qayd etilishicha, Haj mavsumida ziyorat uzluksizligini ta’minlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarni kamaytirish maqsadida qattiq jazo choralari joriy etildi. Rasmiylar Pasportlar Bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda Haj qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan qattiq choralarni ishlab chiqqan.
Haj va Umra vazirligi zarur ruxsatnomalarsiz haj qilish noqonuniy bo‘lib, 50 ming Saudiya riyoli (taxminan 167 million so‘m) miqdoricha jarimaga sabab bo‘lishini ta’kidladi. Bundan tashqari, tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan ziyoratchilarni olib ketayotgan shaxslar ham xuddi shu miqdorda jarimaga tortiladilar.
«Bu kabi qonunbuzarliklarda aybdor deb topilgan chet el fuqarolari olti oyga qamoqqa olinadi, keyin Saudiya Arabistonidan deportatsiya qilinadi. Ularga 10 yil davomida mamlakatga qayta kirish taqiqlanadi», – deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, qoidabuzarlar ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka ham oshkor qilinadi.
https://gulfnews.com/world/gulf/saudi/saudi-arabia-fines-up-to-50000-riyals-and-jail-for-hajj-offenders-1.1708699721067
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter