Saudiya Arabistoniga yangi elchi tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistonidagi favqulodda va muxtor elchisi o‘zgardi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar berilgan.
Ma’lum qilinishicha, bugun yangi tayinlangan elchi Ulug‘bek Maqsudov Riyoz shahriga jo‘nab ketgan.
U.Maqsudov bugungi kunga qadar TIVning O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan hamkorlik qilish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan. Undan oldin esa O‘zbekiston Respublikasining Jidda (Saudiya Arabistoni) shahrida Bosh konsuli sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter