Saudiya Arabistonida COVID-19 ga chalinganlar soni kundan-kunga oshmoqda
Saudiya Arabistonida koronavirusni yuqtirib olganlar soni 52 ming kishidan oshib ketdi, deya ma’lum qildi shanba kuni qirollik sog‘liqni saqlash vazirligi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Boshqarmaning «Twitter»da chop etgan statistikasiga ko‘ra, bir kecha-kunduzda 2840 ta yangi holat qayd etilgan. Mamlakat poytaxti Ar-Riyod (839 ta) va qirg‘oq bo‘yidagi Jidda (450 ta) shaharlarida ko‘proq kuzatilgan.
«Qirollikda jami 52 ming 16 ta COVID-19 holati qayd etilgan bo‘lib, 23 666 kishi sog‘aygan, 302 kishi vafot etgan», — deyiladi vazirlik xabarida.
Shunday qilib, qirollik koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha arab dunyosida yetakchi o‘rinni egallab turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter