Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistoni o‘zbekistonliklar uchun viza talablarini yengillatishi mumkin

Saudiya Arabistoni o‘zbekistonliklar uchun viza talablarini yengillatishi mumkin

Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlashuvlarni o‘tkazish va O‘zbekiston fuqarolarini viza talablaridan ozod qilish istiqbollari muhokama qilindi.

«Dunyo» AA bergan xabarga ko‘ra, joriy yilning 21-mayida O‘zbekiston elchisi Nodirjon Turgunov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirining konsullik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ali al-Yusuf bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Uchrashuvda, shuningdek Ali al-Yusuf O‘zbekistonning mintaqada ilg‘or rivojlanib borayotganini va bir qator yirik tadbirlarga mezbonlik qilayotganini e’tirof etdi.

Xususan, joriy yil aprel oyida Toshkent shahrida «Markaziy Osiyo — Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi» strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi yuqori darajada bo‘lib o‘tgani ta’kidlandi. Shuningdek, shu yil mart oyida Ar-Riyoz shahrida ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi ham muvaffaqiyatli o‘tgani qayd etildi.

«2023 yil 1 yanvar oyidan boshlab Saudiya fuqarolariga O‘zbekistonga 30 kun muddatda vizasiz kirish tartibini joriy etilgani bizni juda quvontirdi. Bu o‘z o‘rnida sayyohlar oqimini oshishiga, o‘zaro savdo hajmining ortishiga turtki bo‘lmoqda», – deydi Saudiya Arabistoni TIV rahbari o‘rinbosari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring