Saudiya Arabistoni efiopiyalik mingga yaqin mahbusni ozod qilmoqda
Saudiya Arabistoni hukumati Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmadning ar-Riyodga rasmiy tashrifi asnosida mamlakatda saqlanayotgan mingga yaqin efiopiyalik mahbusni ozod qilmoqda. Bu haqda Efiopiyaning «Fana» nashriga asoslanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Jami ming nafar efiopiyalik mahbus ozod qilinadi», — deya ma’lumot bergan Afrika davlati nashri.
Avvalroq Efiopiya tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistonida tutqunlikda saqlanayotganlarni ozodlikka chiqarish bo‘yicha muzokara olib borilgani haqida xabar qilgandi.
Saudiya Arabistonida jazolanadigan o‘n minglab xorijliklarning asosiy qismini migratsiya qonunchiligini buzganlar tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter