Saudiya Arabistoni bu yilgi Haj ziyorati asosiy shartini e’lon qildi
Bu yil Haj ziyoratiga boruvchilar COVID-19 ga qarshi albatta vaksina qabul qilgan bo‘lishlari shart. Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vaziri Taufiq ar-Rabia bu haqda ma’lum qildi.
Haj safari iyul oyining ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi.
TASS xabariga ko‘ra, 2020-yili koronavirus pandemiyasi sababli atigi 10 ming kishi Haj amallarini bajardi: 30 foizi saudiyaliklar, 70 foizi xorijliklar. O‘shanda 20-50 yoshlar oralig‘idagi, surunkali xastaliklari bo‘lmaganlar, ilgari ziyoratga kelmaganlar va karantin davri talablariga ko‘nganlarga cheklangan tartibda maxsus ruxsatnomalar berilgandi.
Saudiya Arabistoni o‘tgan yilning noyabr oyidan 50 yoshgacha bo‘lgan, PZR-testi manfiy chiqqanlarga Umra ziyoratiga kirishga asta-sekin ruxsat berishni boshlagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter