Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistoni poytaxtiga raketa hujumi uyushtirildi

Saudiya Arabistoni poytaxtiga raketa hujumi uyushtirildi

Foto: «Al-Arabiya»

Bugun, 9-may kuni Saudiya Arabistoni havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari Yamandan uyushtirilgan ikki ballistik raketa hujumini bartaraf etdi. Bu haqda «Reuters» xabar bermoqda.

Yaman hududidan otilgan raketalar Ar-Riyod osmonida yo‘q qilingan. Mazkur hujum yuzasidan javobgarlikni Yamandagi xusiylar guruhi o‘z bo‘yniga olgan. Ular hujumni «Saudiya poytaxtining iqtisodiy qudratiga zarar yetkazish», deya izohlagan.

Xabarlarga ko‘ra, shahar osmonida to‘rt marta juda kuchli portlash ovozi eshitilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring