Sarimsoq piyozining yurak uchun katta foydasi aniqlandi
Noyob antioksidant moddasi tufayli sarimsoqpiyoz qon tomirlarini mustahkamlaydi va yurak xastaliklari rivojlanish xavfini kamaytiradi, deydi kardiolog Svetlana Pavlichenko.
Sarimsoq tarkibida antioksidant allitsin moddasi mavjud. Qonga tushganidan so‘ng, u qon tomirlari devorlariga taskin beruvchi ta’sir ko‘rsatadi, ularni kengaytiradi va qon bosimini normallantiradi.
«Sarimsoq yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda muhim rol o‘ynaydi. Pishirishda ishlatishdan oldin tozalangan piyozlar maydalanib, 10-15 daqiqaga qoldirilishi kerak», deya ta’kidlagan shifokor.
Kardiologning aytishicha, hech qanday holatda sarimsoqni och qoringa iste’mol qilish mumkin emas, u oshqozon va ichakning shilliq qavatiga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu holat oshqozon-ichak trakti surunkali kasalliklarining kuchayishiga ham ta’sir qilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter