Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardor Umurzoqov boshchiligida komissiya tuziladi

Sardor Umurzoqov boshchiligida komissiya tuziladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident o‘tkazayotgan yig‘ilishda paxta xom ashyosi va ip-kalavani qayta ishlashni tizimli tashkil etish uchun Bosh vazir o‘rinbosari S.Umurzoqov boshchiligida Respublika komissiyasi tuzilishi belgilandi.

Komissiyaning asosiy vazifasi yuqorida aytib o‘tilgan 9 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish rejasini har bir viloyat, tuman va shahar, qolaversa, klaster kesimida belgilash va ijrosini tashkil etish hisoblanadi.

Klasterlar paxtadan ip-kalavagacha ishlab chiqarish zanjirini joriy etishga mas’ul bo‘ladi.

Agar klasterning o‘zida xohish bo‘lsa, bemalol o‘zi qayta ishlashni to‘liq siklda amalga oshirishi mumkin.

Bundan buyon, alohida industrial zonalar tashkil qilinib, ularda tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun barcha sharoitlar yaratib beriladi.

Komissiya elchilar va klasterlar bilan birga bu industrial zonalar boshqaruviga chet el kompaniyalarini jalb qilib, nufuzli brendlarni olib keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring