Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardoba talofatidan so‘ng qayta tiklangan masjidning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi (video+foto)

Sardoba talofatidan so‘ng qayta tiklangan masjidning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi (video+foto)

Foto: «sxabar.uz»

Sirdaryoda yana bir masjidning yangi binosi foydalanishga topshirildi — Masjidning ochilish marosimida muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov ishtirok etdi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.

Sardoba tumani «Qo‘rg‘ontepa» mahallasida joylashgan «Yusuf» jome masjidi yangi ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi. Masjidning ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov, imom-xatiblar, mutasaddi tashkilot rahbarlari qatnashadi.

«Yusuf» jome masjidi 1993-yilda hashar yo‘li bilan qurilgan va o‘tgan davr mobaynida uning binosi eskirib, poydevorlari yaroqsiz holga kelib qolgan.

Jome masjidi binosini qayta qurish ishlari 2020-yilning iyun oyidan «Vaqf» xayriya jamoat fondi homiyligida boshlanib, bugungi kunga kelib masjid to‘liq yangilandi. Masjidning katta xonaqohida 750 kishi, ayvon qismida esa 1000 kishi ibodat qilishi mumkin. Binoning uzunligi 24 metr, eni esa 18 metrni tashkil etadi. Masjidga 19 metrlik gumbaz ham o‘rnatilgan.

Muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov jome masjidining yangi binosida namozxonlar ishtirokida o‘qilgan ilk namozida qatnashgan va masjid ahlini hamda mazkur jomeni barpo etishga hissa qo‘shgan barchani yangi masjid bilan qutlab, haqiga duolar qildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan masjid sarf-xarajatlari uchun 20 million so‘mlik sertifikat topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring