Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardoba suv ombori qoshida kichik GES qurilishi boshlandi (foto)

Sardoba suv ombori qoshida kichik GES  qurilishi boshlandi (foto)

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-yanvardagi «Sardoba suv omborida kichik GES qurilishi investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, «O‘zbekgidroenergo» AJ tomonidan Sirdaryo viloyatida»gi Sardoba suv ombori qoshida kichik GES qurilishi boshlandi.

Mazkur GESni qurilishi poydevori uchun birinchi g‘isht qo‘yildi. Qurilish ishlariga tamal toshi qo‘yishda viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev va «O‘zbekgidroenergo» AJ kapital qurilish boshqarmasi boshlig‘i Mahammad Ataxanov va bo‘lim boshliqlari hamda qurilish tashkiloti «To‘palang HPD irrigation systems» unitar korxonasi rahbari va quruvchilari ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, Sardoba suv ombori 2009-2017-yillar mobaynida Janubiy Mirzacho‘l kanalining markaziy tarmog‘i oqib o‘tgan hududda barpo etilgan bo‘lib, suv omborining hajmi 930 mln. m3 ni tashkil etadi. Suv omborining balandligi 28,8 metrga teng.

«Sardoba suv omborida kichik GES qurilishi» investitsiya loyihasini amalga oshirish 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, umumiy qiymati 21,3 mln. yevroga teng.

Investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan. Investitsiya loyihasi Rossiya Federatsiyasining «Roseksimbanki» tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri  horijiy kreditlar hisobiga moliyalashtirilishi rejalashtirilgan.

Ta’kidlash joizki, Rossiya Federatsiyasi tomonidan bosh pudratchi sifatida «Silovie mashini – ZTL, LMZ, Elektrosila, Energomasheksport» kompaniyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazilib, 19,2 mln. yevro ekvivalentiga teng shartnoma imzolangan.

Shuningdek, 3,7 mln. yevro ekvivalentidagi o‘z mablag‘lari bilan «O‘zbekgidroenergo» AJ ishtirok etadi.

 Shu o‘rinda GESning o‘rnatilgan umumiy quvvati 10,7 MVtga teng. GESda 5,35 MVtgdan iborat ikkita gidroagregat o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Yillik ishlab chiqarish quvvati 41,1 kVt.soatga teng.

«O‘zbekgidroenergo» AJning 1-son qurilish direksiyasi unitar korxonasi investitsiya loyihasining buyurtmachi va ijro etuvchisi hisoblanadi.

Hozirgi kunda «O‘zbekgidroenergo» AJ tizimida 41 ta gidroelektrostansiya hamda 1 ta shamol energetik qurilmasi faoliyat yuritib kelmoqda.

Hozirgi kunda «O‘zbekgidroenergo» AJ tomonidan 19 ta  investitsion loyihalari asosida ish olib borilmoqda.

2020-yilda «O‘zbekgidroenergo» AJ o‘z oldiga  katta marralarni, ishlab chiqarishda yuqori energetik samaradorlikka erishish yo‘lida yanada baland cho‘qqilarni zabt etishni maqsad qilib qo‘ygan, birgina 2020-yilining o‘zida 7 investitsion loyiha asosida 8 ob’yekt topshirilishi ko‘zda tutilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring