Saraton kasalligiga qarshi kurashishning yo‘li topildi
San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti olimlari estrogen retseptorlarining yangi xususiyatini topdilar, bu kelajakda saraton kasalligiga qarshi kurashishga yordam berishi kutilmoqda.
Tadqiqot mualliflaridan biri doktor Ichen Syui bu haqida Britaniyaning Medical Xpress tibbiy portali ochilish marosimida ma’lum qilgan.
Odatda, saraton hujayralari har qanday dorilarga juda chidamli. Mutaxassislar bu boshqa narsalar qatorida, estrogen retseptorlari bilan bog‘liqligini aniqladilar: ilgari oqsillar guruhining bu kabi funksiyasi fanga noma’lum edi.
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, ularning ish natijalari xatarli hujayralarning dorilarga chidamliligini qanday yengish kerakligini va kasallikni davolash samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Kaliforniya universiteti olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar shu hafta Cell jurnalida e’lon qilinishi aytib o‘tilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter