Saqich chaynaganga, yerga tuflaganga, pushtirangli shim kiyganga jarima — xorijning antiqa qonunlari
Siz urf-odatlari, qadriyatlari va qoidalari noma’lum bo‘lgan mamlakatga sayohatga otlandingiz. O‘zga mamlakatni urf-odatlari yoki tilini bilmaslik fojea emas, lekin qoidalariga amal qilmasangiz katta-katta jarimalarni to‘lashga tayyor turing.
Masalan Singapurning toza ko‘chalarining tashrif qog‘ozi jarimalardir. Singapur tom ma’noda yarim asrda “o‘sdi” — u dunyoga mashhur diqqatga sazovor joylari, aql bovar qilmaydigan osmono‘par binolari va ko‘chalarda deyarli mukammal tartibiga ega davlatga aylandi. Singapur deganda ko‘z o‘ngimizda metropol, osmono‘par binolar, tozalik va yana qimmat jarimalar ko‘z oldimizga keladi. Darhaqiqat, avtobus bekatida hech kim chekmaydi, metroda sizga pivo sepmaydi va yurayotganingizda siz gulzorda chiroyli qilib joylashtirilgan axlatga qoqilmaysiz. Savol tug‘iladi: qanday qilib? Buni qanday qilishadi? Barchasi juda oddiy — jarimalar va kameralar. Hattoki bu yerda sug‘orishdan keyin tarelkada gulzor ostidagi suvni qoldirganlik uchun jazo — jarima mavjud. Shu bois Singapur likopchadagi suv qoldiqlari uchun “yetib” keladigan chivin va mayda hasharotlardan deyarli qutulishdi. Agar jamoat hojatxonasiga kirgach toza suvni qo‘yib yubormasangiz 500 dollar jarimaga tortilasiz. Bizning yurtda qoplab saqich sotib olishingiz, istagancha chaynashingiz, to‘g‘ri kelgan joyga tuflab tashlashingiz mumkin. Agar bu qilig‘ingizni Singapurda qilsangiz hech qanday istisnolarsiz 500 dollar jarima to‘lashga tayyor turing. Saqichni olib kirish va undan foydalanishni taqiqlash bu yerda 1992-yildan beri amal qiladi. 1987-yilda Singapurda qiymati 5 milliard dollar bo‘lgan metro ishga tushirildi, afsuski, tez orada u cheksiz vandal hujumlarining nishoniga aylandi. Saqichxo‘rlar saqichni o‘rindiqlarning yuqori qismiga, tutqichlarga va hatto eshikning avtomatik sensorlariga yopishtirib ketishardi (bu metropoliten xodimlari uchun katta moliyaviy xarajatlarga olib keldi). Politsiya jamoat joylarini saqich bilan ifloslantirganlarga qattiq jazo berishni boshladi. Barcha saqichlarni olib kirish zudlik bilan to‘xtatildi, ammo bu yerga tashrif buyurgan sayyohlarga saqichni olib kirishga ruxsat beriladi, ya’ni bir kishiga ikki donadan oshmasligi kerak.
Hattoki siz ko‘chaga tupursangiz ham yaxshigina jarima to‘laysiz. Bunday jarima nafaqat odamlarni madaniyatli bo‘lishga o‘rgatish uchun, balki ko‘proq darajada kasalliklardan xalos qilish uchun joriy qilingan.
Hattoki suhbatdoshga qasam ichish, tahdid qilish, haqorat qilish ham jazolanadi va juda qattiq. Demak Singapurga borganingizdan keyin shunchaki odob-axloq qoidalariga rioya qiling, muhimi saqich chaynamang! Xo‘sh, yana qaysi mamlakatlarda yana qanday g‘alati ta’qiqlar mavjud?
Italiya. Yevropada bu mamlakat hayratlanarli taqiqlar soni bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Eboli shahrida avtomobillarda o‘pish taqiqlanadi, Venetsiya yaqinidagi plyajlarda chig‘anoqlarni yig‘ishga yo‘l qo‘yilmaydi, Kurort shahar Forteda maysazorni yoqish kerak emas. Va e’tibor bering, Italiyada soxta narsalarni sotib olish taqiqlangan. Venetsiyadagi San-Markoda kaptarlarni boqishingiz mumkin emas. Sababi mahalliy hokimiyat Venetsiya mehmonlari va uning tarixiy yodgorliklari kaptarlar yomg‘iri ostida qolishini istamaydi. Agar sayyoh past sifatli mahsulotni sotib olsa, u ... jarima to‘lashi kerak. Gap shundaki, Italiya qonunchiligiga ko‘ra, sayyohlar, shuningdek, mamlakat aholisi o‘zlari sotib olgan narsalarning sifatini nazorat qilishlari shart va hech qanday holatda bozorlarda tovar mahsuloti sifati o‘tgan narsalarni sotib olishlari shart emas. Plyajlarida qumli qasrlar qurish, favvoralarida suzish qat’iyan man etiladi, agar, albatta, jarimani to‘lash uchun qo‘shimcha pul bo‘lmasa. Turin aholisi har kuni kamida uch marta itlarini sayr qildirishlari shart, aks holda ular jarimaga tortiladi. Lerici shahrida aholi va sayyohlarga sochiqni quritish uchun derazalarga osib qo‘yish taqiqlanadi.
AQSh. Minnesota shtatida siz iflos shinalar uchun 2000 dollargacha jarima to‘laysiz — avtoulovlarni yuvish ancha arzonga tushadi. Nyu-Jersi shtatidagi Fort-Li shahrida siz nafaqat haydash paytida, balki sayohat paytida ham matnli xabar yozolmaysiz (85 dollar jarima).
Germaniya. Nemis avtoulovlarida to‘xtab turolmaysiz, hatto benziningiz tugasa ham. Yo‘lda yurish ham taqiqlangan.
Avstraliya. Yakshanba kuni tushdan keyin jamoat joylarida pushti shimlarga ruxsat berilmaydi. Va faqat malakali elektrchilar lampochkani o‘zgartirish huquqiga ega.
Polsha. Varshava metro stansiyalarida siz platformalar va zinapoyalar bo‘ylab harakatlana olmaysiz. Va shahar atrofidagi poyezdlarda karta o‘ynash taqiqlanadi.
Irlandiya. Irlandiyada ajoyib an’ana saqlanib kelmoqda: 29 fevral kuni ayol tanlagan kishiga taklif qilish huquqiga ega. Agar erkak rad etsa, u qizga jarima to‘lashga majbur bo‘ladi. Bu yerda erkaklar ularga uylanish taklifiga javoban ayollardan voz kechish taqiqlangan! Baxtimizga tasodifiy begona odam bilan turmush qurishni istamagan erkaklar uchun bunday super taklif faqat ma’lum bir kun — 29 fevralda amal qiladi.
Belgiya. Yaxshiyam bu yerda qish juda qorli bo‘lmaydi, aks holda bu mavsum ularga juda qimmatga tushishi mumkin edi. Axir, kimni qorni ko‘rganida dumaloqlagisi yoki qorbo‘ron o‘ynagisi kelmaydi. Lekin belgiyaliklar bu zavqdan bebahralar agar bir biriga qor otib o‘ynasalar jarimaga tortiladi, bu tosh otishga teng hisoblanadi.
Malayziyada sariq kiyim kiyish taqiqlangan va bu juda asosli. 2011-yilda qabul qilingan ushbu qonun o‘z harakati uchun sariq rangni tanlagan mahalliy oppozitsiya faollari tufayli yuzaga keldi. Bu bugungi kunda butun mamlakat bo‘ylab hatto ushbu rangdagi bilakuzuklar va bog‘ichlarni ham hech kimdan topib bo‘lmaydigan holatga olib keldi.
Daniyada siz bolalarga g‘alati ismlar berolmaysiz — ruxsat berilgan 18000 ga yaqin ayol ismlari va 15000 ta erkak ismlarni o‘z ichiga olgan ro‘yxatdan ism tanlashingiz mumkin.
Tailand. Bu yerda elektron sigaretalar va har xil chekish moslamalari taqiqlangan. Shu sababli, bu erga elektron sigaretlarni olib kirish va chekish ham taqiqlangan. Elektron sigaretalarni olib kirishni taqiqlovchi qonun 2014-yilda kuchga kirdi.
Gresiya. Tarixiy joylarga (masalan, Akropolga) baland poshnali poyabzalda kelishingiz mumkin emas. Rasmiylar bunday poyabzal yunon ibodatxonalarining qimmatbaho marmarini buzishidan qo‘rqishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter