Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sanoqli soatlar ichida rekord darajada koronavirus aniqlandi!

Sanoqli soatlar ichida rekord darajada koronavirus aniqlandi!

2020-yil 16-iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5493 (+165) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 27 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 104 nafari Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida, 13 nafari Toshkent shahrida (shundan 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 6 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent viloyatida, 5 nafari Sirdaryo viloyatida xorijdan yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 5 nafari Namangan viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 1 nafari aholi orasida), 4 nafari Buxoro viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 3 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 4096 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (74 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 1378 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring