Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samsung yo‘ldoshli aloqali smartfonlar chiqaradi

Samsung yo‘ldoshli aloqali smartfonlar chiqaradi

Foto: Samsung

Huawei va Apple kompaniyalaridan so‘ng, Samsung ham yo‘ldoshli aloqali smartfonlar ishlab chiqaruvchilar ro‘yxatiga qo‘shiladi. SamMobile yozishicha, Janubiy Koreya kompaniyasi ilk yo‘ldoshli qurilmasi — Galaxy S23ni tayyorlayapti.

Favqulodda vaziyatlarda qo‘llaniluvchi yo‘ldoshli aloqa Samsung kompaniyasining Android 14 da ishlovchi qurilmalarida 2023-yilda paydo bo‘ladi. Koreyslar o‘z texnologiyasini ishlab chiqishadimi yoki Google ishlanmasidan foydalanishadimi — shunisi noma’lum.

Ma’lumot uchun: Huawei yo‘ldoshli aloqali ilk smartfoni — Mate 50 ni shu yil sentyabr oyi boshlarida, sal keyinroq Apple fazo bilan bog‘lanuvchi iPhone 14 smartfonini taqdim etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring