Sampaoli Agueroni jazoladi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Serxio Aguero jahon chempionatining uchinchi turi doirasidagi Nigeriyaga qarshi o‘yinida maydonga tushmaydi.
Bosh murabbiy Xorxe Sampaoli shunday qarorga kelgan. U futbolchini Xorvatiya termasiga yutqazganidan keyin aytgan gaplari uchun jazolamoqda.
Gap shundaki, o‘tgan turda Xorvatiyaga 0:3 hisobida yutqazgach, murabbiyga yog‘ilayotgan tanqidlar haqida so‘zlay turib, shunday degan edi: «Sampaoli nimani xohlasa gapirishi mumkin».
Xorvatlar bilan o‘yinda Aguero 54 daqiqa maydonda o‘ynagan va raqib jarima maydoni ichida faqat bir marta to‘p bilan harakat qilgan edi. Va aynan u terma jamoasining bu yil jahon chempionatidagi hozircha yagona bo‘lib turgan golining muallifi hisoblanadi.
Argentina terma jamoasi 26 iyun kuni Nigeriya terma jamoasi bilan o‘ynaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter