Serxio Aguero endi futbolga qayta olmaydi

«Barselona» futbol jamoasi hujumchisi Serxio Aguero yuragi bilan bog‘liq kasalligi tufayli futbolchilik faoliyatini yakunlashi kutilyapti.
Ispan matbuot xabariga ko‘ra, so‘nggi tekshiruvlar argentinalik o‘yinchining yuragida jiddiy muammolar borligini ko‘rsatgan. Shifokorlarning tasdiqlashicha, Aguero juda katta ehtimol bilan futbol maydoniga qayta olmaydi.
Eslatib o‘tish kerak, Serxio Aguero La Liganing 12-turidan o‘rin olgan «Alaves»ga qarshi o‘yinning (1:1) birinchi bo‘limida o‘zini yomon his qilgan va kutilmaganda maydonga yiqilgan, tibbiyot xodimlari yordami bilan maydonni tark etgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter