Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samosud uchun alohida javobgarlik joriy etilishi mumkin

Samosud uchun alohida javobgarlik joriy etilishi mumkin

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Xotin-qizlar va bolalar huquqlarining kafolatlarini ta’minlash, qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

Loyihaga ko‘ra, Jinoyat kodeksi o‘zboshimchalik bilan jazolash maqsadida shaxsga zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, urish, do‘pposlash, qiynash, azob berish yo‘li bilan yoki qonunga xilof boshqa harakatlar vositasida ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazish (samosud)ga oid yangi norma bilan to‘ldirilishi mumkin.

Ayni vaqtda, amaliyotda uchrayotgan bu kabi qilmishlar Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) va qasddan badanga shikast yetkazish bilan bog‘liq (JKning 104, 105, 109 va boshq.) moddalari bilan malakalanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring