«Qoidabuzarlarni rasmga olib pul ishlaydigan shaxs»ni «samosud» qilganlar aniqlandi
Internet tarmoqlarda tarqalgan videoda noma’lum shaxs boshqa bir kishini kuch bilan ushlab turib, tarmoq foydalanuvchilariga bu shaxs yo‘l harakati qoidabuzarliklarini tasvirga olib, ichki ishlar organlariga jo‘natish bilan shug‘ullanishini ma’lum qilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIB tekshiruv o‘tkazdi.
Tekshiruv davomida aniqlanishicha, ushbu holat 2021 yil 1 oktyabr kuni soat 17:00 da Uchtepa tumani Toshkent xalqa avtomobil yo‘lida «O‘rikzor» bozori yaqinida sodir bo‘lgan. Huquqbuzar 1996 yilda tug‘ilgan Xurshid E. ekanligi aniqlandi.
Xurshid E. Uchtepa tumani IIO FMB 3-son ichki ishlar bo‘limigq yetkazilib, u bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Bundan tashqari, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Xabarga ko‘ra, to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rilishi uchun sudga yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter