Samokatda ketayotgan qiz ochiq turgan mashina eshigiga urilib halok bo‘ldi
Olmaotada yo‘l bo‘ylab samokatda ketayotgan 27 yoshli qiz to‘xtab turgan mashinaning ochiq eshigiga borib urilib, olgan jarohatlari tufayli vafot etdi, deb yozadi Zakon.kz.
Qayd etilishicha, hodisa soat 8:05 da sodir bo‘lgan. Nissan Patrol mashinasining haydovchisi eshikni ochgan vaqtda unga samokatdagi qiz kelib urilgan.
Baxtsiz hodisa natijasida jabrlanuvchi shahar markaziy kasalxonasiga yetkazilgan, biroq bir necha soatdan keyin olgan jarohatlari tufayli vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter