SamDTU rektori Yevropa univesitetida faxriy professor sifatida qatnashdi

Joriy yilning 9-oktyabrida Sileziya tibbiyot universitetida yangi o‘quv yilining 75- yubiley ochilishi bo‘lib o‘tdi. Marosimda, Polsha prezidenti Anjey Duda ham ishtirok etdi.
Shuningdek, ochilishida universitet senati a’zolari hamda professor-o‘qituvchilar qatori Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev ham faxriy professor sifatida ishtirok etdi. Ochilishida so‘zga chiqqan Jasur Rizayev barcha yig‘ilganlarni yangi boshlangan o‘quv yili bilan samimiy tabriklab, do‘stlik ramzi sifatida milliyligimiz aks etgan esdalik sovg‘asini Sileziya tibbiyot universitetiga topshirdi.
Prezident talabalarni oliy o‘quv yurtini tanlagani bilan tabriklab, “Tibbiyot barcha fanlar ichida eng oliyjanobi”, deb ta’kidladi.
SamDTU rektori, professor Jasur Rizayevning katta ochilishdagi ishtiroki Polsha tibbiyot oliygohlari hamda SamDTU o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyatga egadir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter