Samarqandlik xattot Qur’on kitobini ko‘chirib yozdi
Samarqandlik xattot Abdujalil Ergashev 60x80 hajmdagi katta Qur’on kitobini yozib chiqqan. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar bermoqda.
«Ushbu ulug‘ kalomlar bitilgan kitobni uch yil mobaynida 310 varaqqa (2 tomonlama), 620 sahifada arab kufi xatida yozishga muvaffaq bo‘ldim», degan xattot.
Xattotning aytishicha, Samarqand qog‘ozi o‘zining umrboqiyligi, har ikki tomoniga ham yozish mumkin bo‘lgani hamda suvda ivimasligi bilan shuhrat qozongan. Shuning uchun kitob varaqlariga shu qog‘ozdan foydalanilgan.
Ma’lumot uchun, Samarqand qog‘ozi aholi orasida «balx tuti» deb ataluvchi tut navi po‘stlog‘idan tayyorlanadi. Bugungi kunda Samarqand qog‘ozidan nafaqat O‘zbekiston, balki Yaponiyadagi qadimiy yozma bitiklar va nodir asarlarni qayta ta’mirlashda keng foydalanilmoqda.
Qur’onning yirik va eng qadimiy nusxalaridan biri – «Usmon Mus’hafi» ham O‘zbekistonda, «Mo‘yi Muborak» madrasasida saqlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter