Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqanddagi mudhish YTHda 4 kishi yonib ketdi

Samarqanddagi mudhish YTHda 4 kishi yonib ketdi

Samarqandning Nurobod tumanida 6 may kuni yuz bergan mudhish YTHda 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand—Qarshi yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Nexia-2 haydovchi uxlab qolishi oqibatida beton to‘siqqa urilib, pastlikka ag‘darilgan. Oqibatda avtomobilda yong‘in kelib chiqib, transport vositasi yonib ketgan.

Avtomobil ichida bo‘lgan to‘rt nafar fuqaro yong‘in qurboniga aylangan. Haydovchi esa og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring