Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqanddagi yana bir tuman markazi yopildi

Samarqanddagi yana bir tuman markazi yopildi

Foto: Xabar.uz

COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida bugun, 23-may kuni Payariq tumani markaziga kirish-chiqish va harakatlanish vaqtincha cheklandi.

Qayd etilishicha, epidemik vaziyat noxush bo‘lgan Ilg‘or, Yangi hayot, Xo‘ja Ismoil, Go‘zal va Kattasaydov, Alisher Navoiy, Farovon va Mustaqillik mahallalari orqali tuman markaziga kiruvchi yo‘llar, Chelak shahri markaziga Bunyodkor, Ahmad Yassaviy, Toshhovuz, Mirzo Ulug‘bek, G‘oyib ota, Xo‘jaobod, Qumchuq mahallalari orqali olib kiruvchi barcha yo‘llar beton to‘siq bilan to‘silgan.

Karantinga olingan mahallalar hududidagi asosiy va ichki yo‘llarda kirish-chiqish kuchaytirilgan tartibda nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Past Darg‘om tumani markazi – Juma shahriga boshqa hududlardan avtotransport vositalari hamda fuqarolarning kirishi va harakatlanishi vaqtincha to‘xtatilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring