Samarqanddagi to‘yxonalardan biridagi ommaviy zaharlanish bo‘yicha ma’lumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlar va OAVda Samarqand shahridagi to‘yxonalardan birida ommaviy zaharlanish ro‘y bergani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Samarqand shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi hodisa yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilgan:
«Samarqand viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 2019-yil 16-sentyabr kuni soat 16:10 dan soat 18:30 ga qadar turli xonadonlarda yashovchi 7 nafar fuqaro bir xil klinik belgilar - ko‘ngil aynish, qayt qilish, bosh og‘rig‘i, qorin sohasida og‘riq, 4-5 marta ich ketish, tana haroratining yuqoriligi hamda holsizlik bilan murojaat qilishgan va ularga shifoxonada ovqat toksikoinfeksiyasi yengil va o‘rta og‘ir darajasi tashxisi qo‘yilib, shifoxonaga yotqizilgan.
Barcha, bemorlarning umumiy ahvoli ijobiy, doimiy vrach nazoratida» deyiladi tashkilot xabarida.
Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter