Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqanddagi qaysi mahallalarda hovlilar buzilib, ko‘p qavatli uylar qurilishi ma’lum qilindi

Samarqanddagi qaysi mahallalarda hovlilar buzilib, ko‘p qavatli uylar qurilishi ma’lum qilindi

Samarqand shahri, Qorasuv massivida OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi. Tadbir davomida shaharda bo‘ladigan o‘zgarishlar haqida ham batafsil ma’lumot berib o‘tildi.

Ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda Samarqand shahrida 550 ming 800 nafar aholi istiqomat qiladi. Shunga ko‘ra, aholini zamonaviy uy-joy bilan ta’minlash maqsadida «Qorasuv» massivida 10 ta 16 qavatli turarjoy binolari qurildi. 2022 yilning birinchi choragida esa 3 ta 16 qavatli va 2 ta 25 qavatli turarjoy binolari foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, 2022 yilda «Shirin» mahallasi (sobiq Rofe Hamroyev nomli jamoa xo‘jaligi) hududida katta o‘zgarishlar rejalashtirilgan. Jami 210 gektar yer maydonida joylashgan 1788 ta turar va noturarjoy ob’yektlari va Samarqand shahrining vokzal orti hududidagi «Matonat», «Maysazor», «Mehnat», «Ipak yo‘li», «Temiryo‘lchilar» va «Baraka» mahallarida joylashgan 3 304 ta eski hovlilar buziladi.

«Shahar ko‘rkini buzayotgan, arxitektura va shaharsozlik normalariga javob bermaydigan eski hovlilar qonunda belgilangan tartibda ko‘chirilib, o‘rnida ko‘p qavatli turarjoy binolari, savdo majmualari, turistik va ko‘ngilochar majmualar barpo etish belgilangan», — deyiladi jurnalistlar uchun berilgan ma’lumotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring